1Logist

Xitoy → O'zbekiston · logistika bozori

Yukingiz uchun mos logistika kompaniyalaridan takliflarni bir joyda oling.

Xitoydan O'zbekistonga va boshqa yo'nalishlarda yuk tashishni so'rang, kompaniyalardan narxlarni oling, taqqoslang, shartnomani tasdiqlang va yukingizni bir platformada kuzating.

Biz yuk tashimaymiz — so'rovingizni yo'nalishdagi kompaniyalarga yetkazamiz va takliflarni bir joyga yig'amiz.

  1. 01

    So'rov qoldirasiz

    Qayerdan qayerga, qanday yuk va qanday muddat kerak — bir marta to'ldiriladi.

    Guangzhou
    Toshkent
    • Yo'nalish
    • Yuk turi va hajmi
    • Kerakli muddat
  2. 02

    Platforma mos kompaniyalarni topadi

    So'rov faqat shu yo'nalishda ishlaydigan va moderatsiyadan o'tgan kompaniyalarga boradi.

    • Yo'nalish
    • Yuk turi
    • Ombor
    • Kategoriya

    Bir so'rovga ko'pi bilan 10 ta taklif. Javob muddati har kompaniyaning ish vaqtidan hisoblanadi.

  3. 03namuna

    Takliflar bir joyga tushadi

    Narx va muddat yonma-yon turadi — tanlov sizda.

    • Kompaniya 1Eng arzon
      narx
      muddat
    • Kompaniya 2Tavsiya etiladi
      narx
      muddat
    • Kompaniya 3Eng tez
      narx
      muddat
  4. 04

    Tanlaysiz — va kuzatasiz

    Tanlangandan keyin kontakt ochiladi: chat, shartnoma va yuk bosqichlari shu yerda.

    1. Taklif tanlandi

    2. Shartnoma tasdiqlandi

    3. Bojxonada

Platforma qanday ishlaydi

Oltita qadam — so'rovdan yukni qabul qilishgacha.

  1. 01

    So'rov qoldirasiz

    Yo'nalish, yuk turi, og'irlik va hajm, kerakli muddat. Yordamchi shaklni oddiy matndan ham to'ldirib beradi.

  2. 02

    Mos kompaniyalar topiladi

    Yo'nalish, yuk turi, ombor va kategoriya bo'yicha — avtomatik. Kompaniya qidirib o'tirmaysiz.

  3. 03

    Takliflar keladi

    Har kompaniya o'z narxi va muddatini yozadi. Bir so'rovga ko'pi bilan 10 ta taklif.

  4. 04

    Taqqoslaysiz

    Narx, muddat va kompaniya ma'lumotlari yonma-yon. Uch xil saralash bor.

  5. 05

    Tanlaysiz — kontakt ochiladi

    Telefon va email faqat siz tanlagan kompaniyaga ko'rinadi, so'rov boshqalar uchun yopiladi.

  6. 06

    Shartnoma va kuzatuv

    Yakuniy narx shartnomada, uni ikki tomon tasdiqlaydi. Keyin yuk bosqichlari ilovada ko'rinadi.

Taqqoslash ochiq

Takliflarni uch xil saralash mumkin. Tavsiya qanday hisoblanishi ham yashirilmaydi.

  • Tavsiya etiladi

    Ishonch, muddat va narx birga hisoblanadi.

  • Eng arzon

    Bitta valyuta ichidagi eng past narx.

  • Eng tez

    Kompaniya va'da qilgan eng qisqa muddat.

Tavsiya nimadan hisoblanadi

  • Ishonch
    40 %
  • Muddat
    35 %
  • Narx
    25 %

Formula hamma kompaniya uchun bir xil va ilovada ochiq ko'rsatiladi.

Narxlar bir valyuta ichida taqqoslanadi — platforma valyuta o'girmaydi.

Nimani jo'natish mumkin

Kompaniya qaysi xizmatni bera olishini o'z profilida ko'rsatadi — so'rovingiz faqat o'shalarga boradi.

  • Sborniy yuk

    Kichik partiyalar — og'irlik va hajm bo'yicha, boshqa yuklar bilan birga.

  • Butun konteyner

    20 va 40 futlik konteyner — faqat sizning yukingiz.

  • Bojxona rasmiylashtiruvi

    Shu xizmatni ko'rsatadigan kompaniyalar. So'rovni aynan shu xizmat turi bilan qoldirasiz.

Hozirgi yo'nalishlar

  • Guangzhou
  • Yiwu
  • Shenzhen
  • Shanghai
Toshkent

Yangi shahar qo'shilgan sari ro'yxat kengayadi.

Tanlovdan keyin

Aloqa, shartnoma va yuk bosqichlari — bitta joyda.

  • Kontakt ochiladi

    Telefon va email faqat siz tanlagan kompaniyaga ko'rinadi. So'rov boshqalar uchun yopiladi.

  • Chat

    Xabarlar darhol yetib boradi va avtomatik tarjima qilinadi — har kim o'z tilida yozadi.

  • Shartnoma

    Kompaniya yakuniy narxni kiritadi va shartnomani yuklaydi. Ikki tomon tasdiqlaydi; har bir nusxa o'z belgisi bilan chiqadi va ochilishi jurnalga yoziladi.

  • Baho

    Yuk topshirilgach, kompaniyaga baho qo'yasiz. Reyting yetarli ma'lumot to'planganda ochiladi.

Yuk bosqichlari

Kompaniya har bosqichni belgilaydi — holat ilovada ko'rinadi.

  1. Omborga qabul qilindi

    Yuk Xitoydagi omborda — og'irlik va hajm tekshirildi.

  2. Yo'lga chiqdi

    Fura yuklandi va O'zbekiston tomon yo'lda.

  3. Chegarada

    Irkeshtam, Qorg'os yoki boshqa chegara punktida.

  4. Bojxonada

    Rasmiylashtiruv — yuk tekshiruvdan o'tmoqda.

  5. Yetib keldi

    Yuk manzil shahrida — topshirishga tayyor.

  6. Topshirildi

    Yuk qo'lingizda. Kompaniyaga baho qo'yasiz — u reytingga kiradi.

Mijoz o'zi keladi

Logistika kompaniyasimisiz? Sizning yo'nalishingizdagi tayyor so'rovlar panelga keladi — faqat narx va muddatni yozasiz.

  • Faqat mos so'rovlar

    Yo'nalish, ombor va yuk turiga qarab — keraksiz so'rov kelmaydi.

  • Tezkor javob

    Shu yo'nalishdagi oldingi takliflaringiz ko'rsatiladi — narx va muddatni qaytadan yozib o'tirmaysiz.

  • Reyting ishlaydi

    Tez javob va yaxshi baho — takliflaringiz ro'yxatda yuqoriroq.

  • Jamoa va nazorat

    Menejerlar, rollar, barcha yuklar bitta nazorat markazida.

Ro'yxatdan o'tgach ariza moderatsiyadan o'tadi. Tasdiqlangandan keyin yo'nalishingizdagi so'rovlar panelga kela boshlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

  • Platformaning o'zi yuk tashiydimi?

    Yo'q. Yukni logistika kompaniyalari tashiydi. Platforma so'rovingizni ularga yetkazadi, takliflarni yig'adi va yozishmani bir joyda saqlaydi.

  • Narxni kim belgilaydi?

    Har bir kompaniya o'z narxini o'zi qo'yadi. Platforma narxga aralashmaydi va uni o'zgartirmaydi.

  • Valyuta o'giriladimi?

    Yo'q. Takliflar o'z valyutasida ko'rsatiladi va bir valyuta ichida taqqoslanadi.

  • Takliflar kelganini qayerdan bilaman?

    Takliflar ilovadagi so'rovingiz ichida to'planadi — o'sha yerda ko'rasiz va taqqoslaysiz.

  • Hujjatlarni platforma tayyorlab beradimi?

    Platformada shartnoma bor: kompaniya yuklaydi, ikki tomon tasdiqlaydi. Qolgan qog'ozlarni kompaniya bilan kelishasiz.

  • Kompaniya bo'lsam qanday qo'shilaman?

    Ro'yxatdan o'tasiz va ariza moderatsiyadan o'tadi. Tasdiqlangach, yo'nalishingizdagi so'rovlar panelga kela boshlaydi.

Bugun boshlang

Yuk jo'natmoqchiman

Telefon raqam bilan kiring va birinchi so'rovingizni qoldiring — takliflar so'rov ichida to'planadi.

Yuk tashishni boshlash

Men logistika kompaniyasiman

Ro'yxatdan o'ting — moderatsiyadan so'ng so'rovlar kela boshlaydi.

Kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish